
Ushbu musobaqada Bekzod Xidirov boshchiligidagi o'zbekistonlik o'smir bokschilar ham qatnashishmoqda. Bugun musobaqa doirasida final bellashuvlari o'tkaziladi.
Unda 7 nafar bokschimiz oltin medal uchun kurash olib boradi:
-46 kg: Ilhomjon Ergashev
-48 kg: Javohir Qo'ysinov
-50 kg: Sayat Ilyasov
-54 kg: Farrux To'laganov
-57 kg: Qahramon Fozilov
-63 kg: Bunyodjon Amirov
+80 kg: Ravshanjon Soliev
Final bahslari Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Bungacha Umidillo Abdurasulov (-60 kg) va Jafarbek SHaxbozov (-66 kg) bronza medalini qo'lga kiritib ulgurishdi.