
Ngannuning murabbiyi Erik Niksik titul jangi keyingi yil boshiga reja qilinayotgani haqida malum qildi.
"Eshitishimizga qaraganda, Ngannu va Siril Gan jangini 2022 yilning yanvar oyiga rejalashtirishibdi. Ammo, aniq malumot aytishning iloji yo'q. UFC bizga sanani aytib, so'ngra "Bilasizmi? Siz Jon Jons bilan jang qilasiz", deb qolishi ham mumkin", - deydi Erik Niksik.
Eslatib o'tamiz, Siril Gan yaqindagina Derrik Lyuisni mag'lub qilib, vaqinchalik chempionga aylangandi. Fransis Ngannu esa ushbu vaznda to'laqonli chempion hisoblanadi.