SportUz.Net
iks
ads

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi, ular aeroportda kutib olindi + FOTO

01.09.2021 22:00    


Rasmni yuklab olish

Avvalroq xabar berganimizdek, BAAning Dubay shahrida boks bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Bundan bir necha kun oldin o'smirlarimiz yurtimizga qaytib kelishgandi. Bugun esa musobaqada 8 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari ham vatanga qaytishdi.

Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, bokschilarimizning yaqinlari va OAV xodimlari qatnashishdi.

Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi: 

Oltin:

-71 kg: Aloxon Abdullaev

-92 kg: Nusratbek Toxirov

+92 kg: Jahongir Zokirov


Kumush:

-51 kg: Ahmadjon Qo'ziboev 

-67 kg: Samandar Solijonov

-86 kg: Diyorbek O'ralov


Bronza: 

-48 kg: Muhammadqodir Mamirjonov.



Qizlarimiz safida esa sovrindorlar quyidagicha ko'rinish oldi:

Oltin:

-48 kg: Farzona Fozilova

-50 kg: Sabina Bobokulova

-52 kg: Feruza Kazakova 

-57 kg: Nigina O'ktamova 

-70 kg: Aziza Zokirova 


Bronza: 

-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova  

-60 kg: Ruxshona O'ktamova 

-63 kg: Mohira Ahmedova 

-81 kg: Sabohat Husanova 

+81 kg: Hadichabonu Ergasheva.

Eslatib o'tamiz, musobaqa davomida yigitlarimiz Hamid Tangribergenov boshchiligida qatnashishgan bo'lsa, qizlarimiz Temur Axbaev boshchiligida yurtimiz sharafini himoya qilishdi. 

FOTO: Aziz To'xtamurodov




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: