SportUz.Net
photo photo

Tavsiya qilamiz: Kaneloning yangi jangi tomoshabinlar uchun ajoyib zavq. Uning raqibi tajovuzkor va Alvares bundaylarni yoqtiradi

26.02.2021 20:20    


Rasmni yuklab olish

Popkornlarni tayyorlang.

Dunyoning eng yaxshi bokschisi Saul Alvares barchani hayratga solmoqda. Ikki oyda - ikki jang. Uning maqomi uchun ajoyib ko'rsatkich. Bu safar eng kuchli raqib bilan emasligi aniq - turkiyalik Avni Yildirim. Ammo u kamar uchun davogarlik qilmoqda.

Meksikalikning boshqa iloji yo'q. CHunki u supero'rta vazn toifasida barcha chempionlik kamarlarini birlashtirishga bel bog'lagan. May oyida u haqiqatdan ham eng yaxshi bokschi - WBO chempioni Billi Jo Sondersga qarshi jang o'tkazadi.


28 fevralga o'tar kechasi ringda kafolatlangan tomosha bo'ladi. Yildirim kuch jihatidangina ustun bo'lib qolmay tajovuzkor ham hisoblanadi. "Kanelo" tajavuzkorlarni rang-barang uslubda engishni yaxshi ko'radi va biladi. 

Alvares uchun Yildirim bilan jang uning faoliyatidagi 58-jang bo'ladi. "Kanelo" Xulio Sezar CHavecdan keyin eng yaxshi chempion. O'zining uzoq yillik promouteri Oskar De La Xoyya bilan xayrlashgandan so'ng, erkin agentga aylandi va qanchalik tez-tez jang qilishini o'zi hal qiladi. 2012 yilda birinchi o'rta vaznda jahon chempioni unvoniga ega bo'lgan va dunyodagi eng yaxshi bokschi nomiga sazovor bo'lgunga qadar meksikalik bir yilda ikki marotaba ringga ko'tarilardi. Bu boks yulduzlari uchun mutlaqo normal ko'rsatkich hisoblanadi.

Endi Alvares qattiq rejimga o'tishga qaror qildi. Yaqindagina 2021 yilda to'rtta jang qilmoqchiligini aytib hammani hayratga soldi:

"Bu yil uchta jang qilishni juda xohlayman. Ammo men har doim yana bittasiga ochiqman. Bunday imkoniyat mavjud. Men bu haqda allaqachon o'ylab ko'rganman. Men faol bo'lishni, mashg'ulotlarni va sport zalida vaqt o'tkazishni yoqtiraman".

Faollikni davom ettirish istagidan tashqari, sayyoramizning eng yaxshi bokschisining yana bir istagi aniq - imkon qadar tezroq DAZN bilan shartnoma tuzish. 2018 yilda u 10 ta jang uchun 365 million dollarlik rekord shartnomani imzolagan.

"Kanelo" tufayli DAZN atrofida qancha muxlis to'planishini inobatga olsak, shubhasiz, platforma egalari har qanday holatda ham asosiy yulduzni saqlab qolishga harakat qilishadi. Bu faqat to'lovlar amalga oshgan taqdirdagina mumkin bo'ladi. Meksikalik bokschi o'z promouteriga ega bo'lsa, o'z maqomiga mos keladigan pulni so'raydi.

Darvoqe, Saulga raqib tanlash bo'yicha muzokaralar boshlanganda, DAZN boshliqlari Yildirim nomzodiga qatiy ravishda qarshi chiqdilar, ammo Alvaresning Kallum Smitga qarshi jangidan so'ng darhol Butunjahon boks kengashi (WBC) aralashib, Avnini rasmiy davogar deb elon qildi.

Turkiyalik bokschiga qarshi kurash 30 yoshli Kanelo uchun faoliyatidagi 58-jang bo'ladi. Meksikalikning o'zi yana 6-7 yil ringga ko'tarilishini takidlamoqda. SHuni inobatga olsak, Saulning janglari soni 100 ga yaqinlashishi mumkin. Bu hozirgi davr uchun ajoyib ko'rsatkich. Meksikalik buyuk bokschilarning eng oxirgisi - Xulio Sezar CHaves.

Hech kim Yildirimga ishonmaydi, lekin u o'zini ikkinchi raqamli deb hisoblamaydi.

Avni Yildirim uchun "Kanelo"ga qarshi kurash hayotda bir marta bo'ladigan imkoniyat. Avni Alvares uchun Gennadiy Golovkinga qarshi jangda asosiy spparing sheriklardan biri bo'lgan. 

Bu tasodif emas - turkiyalikning uslubi GGG uslubini imkon qadar eslatib turadi. Yildirim hamisha kuch jihatdan ajralib turadi. Juda sodda uslubi tufayli laqabi ham mavjud - Janob Robot. U Avniga osonroq raqiblardan o'tishga imkon berdi, biroq texnika va yaxshi zarba egasi kichik Kris Yubenk kabilar bilan uchrashib qolganida faqatgina raqibning ishini osonlashtiradi. Bunday mahorat sohiblari bilan to'qnashish juda xavfli. Yubenk Yildirim bilan uch raund kurashdi.

Ehtimol, Alvares bilan ham shunday bo'lishi mumkin. Bu raqiblarning hujumda yaxshi harakat qilishiga imkon beradi. Yaqqol misol: 2015 yil may oyidagi Jeyms Kriklendga qarshi kurash. Ringda Kriklend va Saul tomonidan ijro etilayotgan buqalar jangi.


Ekspertlar Yildirimga yuqori baho bermayaptilar, turklar esa bundan g'azablanishmoqda:

"Katta jang. Men uchun ajoyib imkoniyat. O'zimni yaxshi his qilmoqdaman, to'liq tayyorman. Hech qachon bunday qulay vaziyatga ega bo'lmaganman. Ruhiy jihatdan ham tayyorman.

Hamma menga ikkinchi raqamli deb qaramoqda? Bunday emas, chunki men o'zimga va murabbiyimga ishonaman. Men kamar uchun kelganman. Ikkinchi emasman va boshqalar aytgan gaplarga ahamiyat bermayman. Hech kimning fikriga etibor bermang".

Alvares esa bo'lajak janga proffesionallarga xos qaraydi va hatto raqibga nisbatan haddan tashqari hurmat bilan munosabatda bo'ladi.

"Men o'zimni Yildirimdan ustun his qilyapman, lekin men ham u kabi mashq qilaman - bu mening eng katta jangim. Past baho berish haqida gap bo'lishi mumkin emas. Bilaman, bu boks, bitta zarba hamma narsani hal qilishi mumkin. Men hech kimni kamsitmoqchi emasman.


Favorit ekanligimni inkor etmayman, lekin boks juda qiyin sport turi. O'ylaymanki, Yildirim yaxshi raqib bo'ladi. U ajoyib bokschi. Menimcha boks shousiga tashrif buyuradigan yoki televizorda tomosha qiladigan muxlislar uchun hayajonli jang o'tkazamiz", - dedi Kanelo.

Ammo Alvares bir narsada shubhasiz haqli - bu kurash turklarning vakilidan ancha ustun bo'lgan Kallum Smitga qarshi jangdan ko'ra yorqinroq bo'ladi.

Bularning barchasi meksikalik uchun faoliyatidagi asosiy sinovlardan biri Golovkindan ancha xavfli Jo Sonders bilan to'qnashuv uchun ideal kelishuvdir. Eslatib o'tamiz, jang bizning vaqtimiz bilan 28 fevral tongida o'tkaziladi.

Sarvinoz Raxmonqulova tarjimasi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: