
Ushbu musobaqa yakuniga ko'ra, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 8 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Qizlarimiz esa umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.
Bugun ushbu musobaqada qatnashgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishadi. Ular joy olgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 16:40da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'nadi. O'sha erning o'zida bokschilarimizni kutib olishga bag'ishlangan tadbir tashkil etiladi.
Yurtimizdagi OAV vakillari, blogerlar va muxlislarni ushbu tadbirga taklif etib qolamiz.