SportUz.Net
iks
ads

UFC prezidenti Jeyk Polning tahdidlariga javob berdi

30.08.2021 17:40    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti Dana Uayt bloger Jeyk Polning gaplariga javob qaytardi.

Avvalroq, bloger Pol Dana Uayt bilan uchrashib qolsa, uni nokaut qilishi haqida gapirgandi.

"Bu haqida o'ylab ko'rish kerak. Men Jeyk Pol urishib yurgan jangchilar bilan bir yosh toifasidaman. U meni urmoqchi ekan. To'g'ri, u faqat 50 yoshliklar bilan jang qiladi.

Ko'pchilik menga hujum qilmoqchi bo'lgan. Navbatga tur, Jeyk. Bu juda uzun navbat, buni ancha kutishing kerak bo'ladi. Bu biz shug'ullanayotgan biznesning bir bo'lagi. Men ham ko'pincha insonlar haqida yomon gaplar gapiraman. Bu biz o'ynayotgan o'yinning bir qismi, xolos", - dedi Uayt. 

Eslatib o'tamiz, Jeyk Pol bugun tongda sobiq UFC chempioni Tayron Vudlini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: