SportUz.Net

Mahmud Muradov ishtirokidagi jang O'zbekistonda jonli efirda namoyish etiladi

27.08.2021 20:40    


Rasmni yuklab olish

29 avgust kuni Las -Vegasdagi UFC Apex sport majmuasida Vegas 35 turniri bo'lib o'tadi.

Kechaning asosiy kardida Edson Barbosa va Giga CHikadze o'zaro to'qnash keladi. O'zbekistonlik MMA ishqibozlari uchun mazkur turnirning o'ziga xos jihati shundaki, unda hamyurtimiz Mahmud Muradov Jerald Mirshertga qarshi jang qiladi.

UzReport TV mazkur musobaqaga muxlislar tomonidan bo'lgan katta qiziqishni inobatga olib, UFC Vegas 35 turnirini jonli efirda namoyish qiladi. Translyaciya 29 avgust kuni erta tongda soat 07:00da boshlanadi.

SHuningdek, jonli efirdan Brayn Batll - Jilbert Urbina, Rikki Tursioz - Bredi Xistend, Kevin Li -Daniel Rodriges, Andre Petrovski - Maykl Jilmor o'rtasidagi janglar ham o'rin olgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: