SportUz.Net
iks
ads

Jermell CHarlo AQSHda qamoqqa olindi

26.08.2021 15:00    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni, amerikalik Jermell CHarlo hibsga olindi.

Bokschi o'g'irlikda ayblanib 25 avgust kuni Texasning (AQSH) Bler okrugi policiyasi tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Ksat.com xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, voqea 16 iyul kuni San-Antoniodagi barlardan birida sodir bo'lgan, CHarlo kredit kartasini to'lash uchun ishlatmoqchi bo'lganida kartasi bir necha bor rad etilgan. U oficiantni kartasini o'g'irlamoqchi bo'lganlikda ayblagan, shundan so'ng uni ushlab, naqd pulini va guvohnomasini olib qo'ygan.

Qayd etilishicha, bokschining advokati barcha ayblovlarni rad etdi. CHarlo bugun garov evaziga qo'yib yuborildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: