
Bugun, Qirg‘izistonning Bishkek shahrida “Mustaqillik bayrami” munosabati bilan MMA bo‘yicha O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston terma jamoasi o‘rtasida o‘ziga xos turnir tashkil qilinishi haqida xabar bergan edik.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha birop avval mazkur qarama-qarshilik o‘z yakuniga etgan va unda 10:0 hisobida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozongan. Ya’ni, 10 ta vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtlarimizning barchasi qirg‘izistonlik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan.
Ushbu ajoyib natija bilan O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbariyatiga hamda mutaxassislariga, sportchilarning murabbiylari va eng asosiysi terma jamoa a’zolarini muborakbod etamiz. G‘alabalar bardavom bo‘lsin!