
Ayni daqiqalarda AQShning Las-Vegas shahrida "UFC Fight Night" turniri davom etmoqda. Ma’lumki, ushbu jang kechasida O‘zbekistonlik MMA jangchilari orasida 4-bo‘lib, UFC bilan shartnoma imzolagan Saidyoqub Qahramonov (9-2) ham debyut jangini o‘tkazdi.
Unga Guam vakili Trevin Jons (13-7) raqiblik qildi. Mazkur jang o‘ta engil vazn toifasida o‘tkazildi. Butun jang mobaynida uchtunlik qilgan hamyurtimiz 3-raund so‘ngi daqiqalarida raqibini bo‘g‘ish uslubi mag‘lub etdi va UFCdagi o‘z yurishini omadli boshladi.
G‘alaba muborak!