
"Figeyredo, ko'p gapirishni bas qil. Navbatga tur. Men keyingisiman, Brendon Moreno. O'z kamaringni haqiqiy davogardan himoya qil. Dekabrda uchrashamiz", - deb yozadi Askar Askarov o'z tvitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Askar Askarov o'zining so'nggi jangini UFC 259 doirasida 7 mart kuni o'tkazgandi. O'shanda u Jozef Benavidesni ochkolar hisobiga mag'lub etgandi. Brendon Moreno esa shu yilning iyun oyida Deyvison Figeyredoni mag'lub qilib UFC kamarini qo'lga kiritgan.