
"SHu hafta yana bir sovrin yutib olishdan xursand bo'laman. Hozirda kamar kimga tegishli ekanligining menga farqi yo'q. Ko'ramiz, ringni kim kamar bilan birga tark etar ekan.
Bu balki mening oxirgi jangimdir, balki yana janglar bo'lar. Dekabrda 43 yoshga to'laman. Men bitta jangdan uzog'iga reja tuzmayman. Muxlislarni ushbu jangni tomosha qilishga chorlab qolaman. Nima bo'lishini xech qachon bila olmaysiz", - dedi Pakyao.