
Unda o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishdi. Musobaqa yakuniga ko'ra, yigitlarimiz bahslarda 6 ta medal qo'lga kiritishdi.
Musobaqada sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik bokschilar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
Oltin:
-56 kg: Umid Jo'raev
-75 kg: Saidjamshid Jafarov
-81 kg: Odiljon Aslonov
Kumush:
-69 kg: Timur Saidov
Bronza:
-64 kg: SHukurjon Rahimov
-91 kg: Amirshoh Samadov
Eslatib o'tamiz, musobaqada 17 mamlakatdan 77 nafar bokschi qatnashdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
