
"U bungacha chempionlik jangiga tayyorgarlik ko'rgan, huddi mana shu vaznda, demak u ham men kabi faqat va faqat g'alaba uchun jang qiladi.
Ugasning nima his qilib turganini bilaman, chunki 20 yil oldin uning o'rnida men Ledvabaga qarshi jang qilgandim.
Ledvaba men bilan qilgan xatoni men takrorlamayman. Umuman olganda men Ugasni huddi Errol Spens kabi jiddiy qabul qilmoqdaman.
Haliyam g'alabaga chanqoqman. Aynan shuning uchun ham yashayapman. Menda yaxshi mashg'ulot lageri bo'ldi va yaxshi tayyorgarlik ko'rdim", - dedi Pakyao.
Eslatib o'tamiz, Ugas - Pakyao jangi 22 avgust kuni Las-Vegasda o'tkaziladi.