SportUz.Net
iks
ads

Xabib Nurmagomedov 500 millionlik shartnoma imzolaydi

17.08.2021 13:00    


Rasmni yuklab olish

Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Gorilla Energy energetik ichimliklar kompaniyasi bilan uzoq muddatli yangi shartnomaga imzo chekadi.

Ushbu shartnoma yarim milliard rubldan ko'proqni tashkil qiladi. SHartnomaga ko'ra Gorilla Xabib Nurmagomedovga 7 million AQSH dollari (513 053 100 rubl) to'lab beradi. Kelishuv rasman 18 avgust kuni elon qilinadi.

SHu kuni Moskva shahrida Xabib Nurmagomedov ishtirokida katta matbuot anjumani ham o'tkaziladi. Dog'istonlik sobiq chempion istiqboldagi rejalari bilan o'rtoqlashadi. 

Malumot uchun, Gorilla bilan o'zbekistonlik bokschilar ham hamkorlik qilishadi. Ular orasida SHohjahon Ergashev bu borada ancha faol hisoblanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: