SportUz.Net
iks
ads

To‘rt nafar o‘zbekistonlik MMA vakili Tojikistonda jang qiladi

15.08.2021 14:43    


Rasmni yuklab olish

Xo‘jand shahrida MMA turniri o‘tkaziladi.

Bugun, Tojikistonning Xo‘jand shahrida MMA bo‘yicha o‘ziga xos jang kechasi bo‘lib o‘tadi. Unda bir qator o‘zbekistonlik MMA vakillari ham oktagonga ko‘tariladi. 

Jumladan, Jahongir Qoraboev hamda Farruh Madaminov shogirdalari hisoblanuvchi Diyorbek Mutalibov mezbonlar vakili Ramiz Mamirovga qarshi jang qilsa, Doston Ismoilov ham mezbon Rezvon Karimovga qarshi bahs yuritadi. Shuningdek, Saidsherozxon Saydullaev ham tojikistonlik Aziz Haydarov bilan to‘qnash kelsa, yana bir jangchimiz G‘iyos Mirzamahmudov ham Tojikiston vakili Anvar Nositov bilan jang qiladi. 

Albatta, mazkur janglarda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz. Shu o‘rinda voqealar rivojini bizda kuzatib boring va tez orada jang natijalarini ham e’tiboringizga havola etamiz!



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: