SportUz.Net
iks
ads

Xabib jamoasi bilan jang uchun uchib ketdi + FOTO

15.08.2021 11:20    


Rasmni yuklab olish

Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o'zining Instagram sahifasida surat va uning ostida izoh qoldirdi.

«Hozirgina uchdik…», deyiladi surat ostidagi izohda. 

Suratdan shu narsani anglash mumkinki, Xabib jamoadoshlari bilan birga Zubayra Tuxugovning navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko'rish uchun safarga otlangan.  

Eslatib o'tamiz, Zubayraning shu yil mart oyida Rikardo Ramosga qarshi jangi dog'istonlik yakkakurash ustasining jarohati sabab kechroq muddatga qoldirilgandi. 30 yoshli Tuxugov o'tgan yili ikkita jangda oktagonga ko'tarildi. Avvaliga fevral oyida Oklend (Yangi Zelandiya) shahrida Kevin Agilarni muddatidan avval mag'lub etdi. Sentyabrda "Janglar oroli"da o'tgan UFC oqshomida esa Hakim Davoduga ochkolar hisobida yutqazib qo'ydi. U UFC promoushenida 7 ta jang o'tkazgan bo'lib, hisobida 4 g'alaba, 2 mag'lubiyat va 2 durang bor. Ramosga qarshi jangi oktyabr oyida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: