SportUz.Net
iks
ads

Sayyoramizning eng kuchli kurashchisi Bellator bilan muzokara boshladi

15.08.2021 08:00    


Rasmni yuklab olish

Erkin kurash bo'yicha 125 kilogramm vazn toifasidagi Olimpiada chempioni Geybl Stiveson Tokiodagi g'alabasidan so'ng aralash jang sanatlariga o'tishga tayyorligini bildirdi.

Bu haqda Bellator 264 turniridan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida tashkilot prezidenti Skott Koker malum qildi.

"Aytish mumkinki, biz allaqachon uning menejerlari bilan bog'langanmiz. Bilaman, uning maktabda yana ikki yillik o'qishi bor. Bizda muloqot bor va agar u MMA`ga o'tishga qaror qilsa, biz uni o'zimizga qabul qilishdan xursand bo'lamiz. Biz kurashdan MMA`ga o'tadigan sportchilarga ixtisoslashganmiz - biz eng zo'rimiz! O'ylaymanki, bizning tashkilotimiz u uchun ajoyib uy bo'la oladi", - dedi Koker.

Eslatib o'tamiz, Olimpiya o'yinnlari finalida amerikalik kurashchi Gruziya vakili Geno Petriashvilini 10-8 hisobida mag'lub etgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: