SportUz.Net
iks
ads

To'lqin Qilichev: "Bazi 100 foizlik g'alabalarni ham hakamlar berishmadi"

11.08.2021 20:00    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi To'lqin Qilichev Qozog'iston terma jamoasining ishtirokiga baho berdi.

- Qozog'istonlik bokschilar Tokioda qayd etgan natijalari haqida nima deysiz, ularning hech biri finalga chiqa olmadi?

- Menimcha, qozog'istonlik bokschilar ham maksimal darajada chiqish qilishdi, natijani ko'rsatish uchun bor kuchlarini berishdi. SHuningdek, qozoq sportchilarga bog'liq bo'lmagan narsalar ham sodir bo'ldi.  Bazi 100 foizlik g'alabalarni ham hakamlar berishmadi. Misol uchun, -52 kg vaznda jang qilgan Saken Bibosinov raqibini mag'lub etdi, lekin unga g'alabani berishmadi. SHuningdek, bu holat Zakir Safiullin bilan ham sodir bo'ldi. Kamshibek ham AQSH vakilidan ancha kuchli edi, biroq nimadir bo'ldi va jang tizg'ini yo'qotib qo'yib, mag'lub bo'ldi. Qozoq va o'zbek bokschilari maksimal darajada harakat qilishdi. Ular bilan suhbatda ham hafa ekanligini ko'rinib turardi. Bizda bitta oltin, ularda esa ikkita bronza. Hammaga bu Olimpiya o'yinlari qiyin bo'ldi. Pandemiya qattiq tasir qildi. Nima bo'lganda taqdirda ham kelasi Olimpiya o'yinlarida biz va qozoq bokschilarida ko'proq medalga ega chiqishadi", - dedi terma jamoamiz murabbiyi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: