SportUz.Net
iks
ads

UFC kamariga davogar million dollar evaziga jangni "berish"ga tayyor

10.08.2021 11:40    


Rasmni yuklab olish

Yarim engil vazn toifasida UFC chempionlik kamariga davogar Brayan Ortega kelishilgan jang ishtirokchisi bo'lishga qarshi emasligini malum qildi.

"Agar variant taklif qilinsa, men bir million dollar evaziga jangda yutqazib berishga tayyorman. Yaratgandan boshqasi yana qancha oktagonda jang qilishimni bilmaydi. Lekin hali faoliyatim davomida shuncha pulni ko'rmaganman. SHu sababli ham million dollarga o'zimni qurbon qilish uchun yo'q demagan bo'lardim. Albatta, bu voqea navbatdagi jangimda sodir bo'lmaydi. Keyingi jangimni aniq yutqazmayman. Ammo, kelajakda bu kelishuv ro'y berishi mumkin. Ungacha aktyorlik mahoratimni oshirib boraman", - dedi Ortega.

Eslatib o'tamiz, Brayan Ortega 25 sentyabr kuni Las-Vegasda o'tkaziladigan UFC 266 turniri doirasida divizionning amaldagi chempioni Aleksandr Volkanovskiga qarshi oktagonga ko'tariladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: