SportUz.Net
iks
ads

WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Rossiya bokschilarining Olimpiadadagi ishtirokiga baho berdi

10.08.2021 09:20    


Rasmni yuklab olish

Professional boksning yarimog'ir vazn toifasida WBC va IBF chempionlik kamarlari sohibi bo'lib turgan Artur Beterbiev rossiyalik bokschilarning Tokio-2020 Olimpiadasidagi ishtirokiga munosabat bildirdi.

"Barcha olimpiyachi-bokschilarimizni tabriklayman! Olimpiada medallarini qo'lga kiritgan bokschilarimiz uchun xursandman. Albert Batirgaziev, Muslim Gajimagomedov, Imam Xataev, Andrey Zamkovoy, Gleb Bakshi va Zenfira Magomedalieva — Sizlar Rossiya boksining faxrisizlar! Ishonchim komil, Rossiya boks federaciyasi tomonidan ko'rsatilayotgan etibor natijasida Parij Olimpiadasida yana ham yuqori o'rinlarni egallaysiz", — deya o'zining Instagram sahifasida xabar qoldirgan Beterbiev.

Malumot uchun, Rossiya boks terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiadasida umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egalladi. Rossiyalik bokschilar 1 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medalini qo'lga kiritishgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: