
UFC 265 turnirining prelium kardidan o'rin olgan qiziqarli janglarning birida qirg'izistonlik Rafael Fiziev amerikalik Bobbi Gringa qarshi oktagonga ko'tarildi. Uch raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Fiziev hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra ochkolar hisobida g'alaba qozondi.
Bu Fiziev uchun UFC promoushenida qo'lga kiritilgan ketma-ket to'rtinchi g'alaba bo'ldi. Birozdan so'ng oqshomning markaziy jangida franciyalik 31 yoshli Siril Gan amerikalik 36 yoshli Derrik Lyuisga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu jang g'olibi og'ir vazn toifasida vaqtinchalik chempionga aylanadi.












43 yildan beri bir oila boshqarib kelayotgan WBA prezidentligi uchun saylov o'tkazildi