
"Jang payti kelganda, yuragimdagi shijoatni ko'rsatishim kerak edi. Men bu jangga juda butun borlig'im bilan tayyorlangandim. Konorga qo'pol gapirdim, u esa "Bu shunchaki biznes", -deb javob berdi.
Otam jangdan keyingi harakatlarim uchun meni so'roqqa tutdi. Men esa bunga bahonalar qidirdim.
Keyin esa o'yladim: "Men nimaga shuncha tayyorlandim? Bu jangga urushga ketayotgandek tayyorgarlik ko'rgandim. Oktagonga chiqganda esa raqibni ko'rganim ham yo'q.
Men Konordan ko'proq narsa kutgan edim. Amalda esa, u hech narsa qila olmadi va bahonalar to'qidi", -dedi Xabib Nurmagomedov Mayk Taysonning Hotboxin' podkastida.