
Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi birinchi galda og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Jon Jons bilan jang qilmoqchi. Keyin esa chempionlik kamari uchun oktagonga chiqishni rejalashtirgan.
"Men UFC’ga Jon Jons bilan Oq uyda jang qilishni xohlashimni aytdim, shuningdek, og'ir vazn toifasida uchinchi kamar uchun jang haqida ham gapirdim. Lekin nima bo'lishini bilmayman - bu mening qo'limdan kelmaydi. Men ham boshqalar kabi shunchaki kutyapman", - dedi Aleks Braziliyaning Omelete telekanaliga bergan intervyusida.
Jon Jonsga qarshi jangning o'tkazilishi bilan bog'liq muammo ko'rinmayapti. Lekin og'ir vazn chempionligi uchun jang masalasida qiyinchiliklar tug'ilishi muqarrar. Tom Aspinall va Siril Gan o'rtasida revansh jangi o'tkazilishi, Aleksandr Volkov chempionlik imkoniyatini kutayotganini hisobga olsak, bu borada ko'plab savollar yuzaga keladi.
Gan va Pereyra vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang o'tkazadigan bo'lsa, vaziyat ijobiy tomonga o'zgarishi mumkin. Bu holatda Volkovni tashkilot rahbariyati chempionlik jangida ko'rishni unchalik xohlamaydigan hamyurtlari Arman Carukyan va Movsar Evloev taqdiri kutmoqda.
Eslatib o'tamiz, Aleks Pereyra oktyabr oyida yarim og'ir vazn toifasining endilikda sobiq chempioni Magomed Ankalaevni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratib, o'z kamarini qaytarib olgandi.
