SportUz.Net
iks
ads

Menni Pakyao - Rolando Romero jangining qachon o'tkazilishi aytildi

09.12.2025 13:48    


Rasmni yuklab olish

Sakkiz vaznda sobiq jahon chempioni Menni Pakyao o'zining navbatdagi jangini yarim o'rta vazn toifasida WBA chempioni Rolando "Rolli" Romeroga qarshi o'tkazadi.

Bu haqda filippinlik afsonaning menejeri SHon Gibbons Fight Hype’ga bergan intervyusida malum qildi.

Gibbonsning so'zlariga ko'ra, ular dastlab ushbu jangni 24 yanvarda o'tkazmoqchi bo'lishgan, biroq translyaciya UFC 324 turniri bilan raqobat qilmasligi uchun bu sanadan voz kechilgan.

"Mart oyidagi jang bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda, - dedi u. - Rolli WBA’dan SHahram G'iyosovga qarshi majburiy himoyani kechiktirishni so'radi. Bu yarim o'rta vazndagi jang bo'ladi. Menni 40 yoshida Kit Turmanni mag'lub etib, o'rnatgan o'z rekordini yangilash va yana eng keksa yarim o'rta vazn toifasida jahon chempioni bo'lishni juda xohlaydi".

Eslatib o'tamiz, 46 yoshli Pakyao Romeroni mag'lub etsa, nafaqat o'z rekordini yangilaydi, balki boks tarixida 49 yoshida yarim og'ir vazn toifasida WBA chempionligini qo'lga kiritgan Bernard Xopkinsdan keyin ikkinchi eng keksa chempionga aylanadi.

Malumot uchun, hamyurtimiz SHahram G'iyosov Rolando "Rolli" Romeroning WBA chempionlik kamari uchun majburiy davogar hisoblanadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: