SportUz.Net
iks
ads

Xamzat CHimaev Pereyra va Teysheyraning chaqiruvlariga javob berdi

09.12.2025 12:24    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Xamzat CHimaev Aleks Pereyra va Glover Teysheyra bilan hisob-kitob qilishga tayyor.

Pereyra Xamzatni jiu-jitsu jangiga chaqirgan bo'lsa, Glover birinchi uchrashuvdayoq mushtlashish taklifini bergan.

"UFC menga Pereyrani bermasligini hamma biladi. Bu yigitning aytishicha, u men bilan jiu-jitsu, kurash yoki greppling bo'yicha jang qilishga tayyor, ammo bu bizning ishimiz emas. Bizning ishimiz - UFC’dagi janglar. U Dyu Plessi bilan jang qilishga tayyor edi, u bu jangga rozi bo'ldi, lekin endi u: "Bu Xamzat, men uchun yaxshi jang emas" deb o'ylayapti. Uning aytishicha, u mashhurroq, shuning uchun men uning ismidan foydalanaman, lekin men ijtimoiy tarmoqlarda shunchaki "salom" deyman va bu post uning janglaridan ko'ra ko'proq ko'rishlar to'plamoqda. SHunday ekan, u mendan ko'ra mashhurroq yigit deb o'ylamayman.

Uning murabbiyi Teysheyra men bilan mehmonxonada yoki boshqa joyda jang qilishini aytdi. Lekin birodar, biz buni mehmonxonada qilishimiz shart emas. Sen UFC’ga qaytishing kerak, sening shartnomang bor. Jang qilmoqchi bo'lsang - olg'a! Bu bachkana gaplarni nima uchun gapirayotganini bilmayman. Lekin agar u rostakamiga mushtlashmoqchi bo'lsa, biz buni uyushtiramiz. Ko'ramiz, kimning jasorati ko'proq ekan. Istalgan joyda mushtlashishga qiynalmayman. Mehmonxonami, boshqa joymi - farqi yo'q. Ammo bizning ishimiz UFC’da. Oktagonga chiq, mushtlash, pul top va odamlarga haqiqiy jangchi kimligini ko'rishga imkon ber", - dedi "Borz" ESPN’ga bergan intervyusida.

Avvalroq, Xamzat CHimaev Ramazon oyidan keyin chempionlik kamarining ilk himoyasini o'tkazmoqchi ekanini malum qilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: