
Britaniyalik aralash yakkakurash ustasi Carukyanga o'z o'rnini bilishi kerakligi, chunki uning zerikarli janglarini hech kim ko'rishni istamasligini aytgandi.
"Men sening yilda bir marta qariyalar bilan jang qilishing yoki UFC senga bu qog'oz kamar uchun qizil yo'lak ochishi haqida gapirib berishim mumkin. Lekin bir narsani aytib qo'yay: agar qachondir men bilan oktagonga chiqishga jurating etsa, faqat bitta natija bo'ladi - sen eng ko'p qo'rqadigan natija. Oxir-oqibat hamma sening soxta ekanligingga guvoh bo'ladi.
Sen tilingni tiyib yuraver. Faqat ehtiyot bo'l, yanvarda jabr ko'radigan sen bo'lmagin. Yuqorida aytib o'tganimdek, oktagon eshigining yopilish payti muhim ahamiyatga ega. Qafasdan qo'limni ko'targan holda men chiqaman, seni esa qo'llaringdan ushlab olib chiqishadi", - deb yozdi Carukyan ijtimoiy tarmoqda britaniyalikka murojaat qilib.
Eslatib o'tamiz, 24 yanvarb kuni Las-Vegas shahrida UFC 324 turniri o'tkaziladi. Uning kardida Peddi Pimblett amerikalik Jastin Getjiga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu jang engil vaznda vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun kechadi.
