
SHu vaznda sobiq UFC chempioni hisoblangan amerikalik aralash yakkakurash ustasi do'sti va jamoadoshining bazi harakatlari g'alati ko'ringanini takidladi.
"Pyotr va uning jamoasini tabriklayman. Ular alo darajada jang o'tkazishdi va ajoyib tuzatishlar kiritishdi. Merab bilan jangni qayta ko'rib chiqishni va uning qaytishini rejalashtirishni sabrsizlik bilan kutyapman! Bazida Merab biroz g'alati ko'rinardi, lekin ehtimol, Yan uni o'z harakati bilan aynan shunga majbur qilgandir? Hammasini ko'rib chiqib, jarohatlarni davolab qaytamiz. Jangchining yo'li shu. Umid qilamanki, bu jang sizga yoqdi. Keyingi safar ko'rishguncha!", - deb yozdi amerikalik jangchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Yakshanba tonggida Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 323 turnirida Merab Dvalishvili Pyotr Yanga ochkolar hisobida yutqazib, o'ta engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini boy bergandi.
