
SHunga qaramay, u hamyurtining jangini munosib baholadi va uni Merab Dvalishvili ustidan qozonilgan g'alaba bilan tabrikladi.
"Tabriklayman, ajoyib jang, Pyotr. Merabga tezroq sog'ayib ketishini va yanada kuchli bo'lib qaytishini tilayman", - deb yozdi "Borz" ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
O'tgan hafta oxirida Pyotr Yan o'ta engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qaytarib olgandi. U to'liq besh raund davom etgan jangda Merab Dvalishvilini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi. Xamzat CHimaev esa avgust oyida Drikus Dyu Plessi ustidan zafar quchib, o'rta divizion chempioniga aylangandi.
Rus jangchilari o'rtasidagi mojaro Pyotr Yan Xamzat CHimaevni rossiyalik jangchi deb hisoblashdan bosh tortgani, "Borz" esa bunga javoban vatandoshining xitoylik ildizlarini eslatgani tufayli yuzaga kelgandi.
