
"Jang 2026 yilning mart oyida Afrika qitasida bo'lib o'tadi, - dedi Tayson bir kun avval AQSHdagi ommaviy chiqishida, uning videosi O‘CombatSports kanali tomonidan elon qilindi. - Bu aql bovar qilmaydigan ish bo'ladi, biz barcha rekordlarni yangilaymiz. Bu sport tarixidagi eng ulkan voqealardan biriga aylanadi".
Eslatib o'tamiz, Tayson va Meyvezer o'rtasidagi jang ko'rgazmali maqomga ega bo'ladi. U sentyabr oyidayoq elon qilingan, ammo uning tayyorgarligi haqida deyarli hech qanday malumot yo'q edi. Meyvezer va Menni Pakyao o'rtasidagi ehtimoliy revansh jangi haqida gap-so'zlar boshlanganda, ko'pchilik Taysonga qarshi jang bekor qilinishi yoki nomalum muddatga qoldirilishi mumkin, degan fikrda edi.
Malumot uchun, 59 yoshli Mayk Tayson so'nggi bor 2024 yilning noyabrida ringga ko'tarilib, sakkiz raund davom etgan jangda Jeyk Polga imkoniyatni boy bergandi. Uning o'sha jangdagi vazni 104 kg bo'lgan.
48 yoshli kichik Floyd Meyvezer so'nggi jangini 2024 yilning avgustida Jon Gotti III ga qarshi o'tkazgandi. Bu g'olibi rasman elon qilinmagan ko'rgazmali maqomdagi jang edi. Meyvezerning vazni o'shanda 72 kg bo'lgan.
