
Yan shunday javob berdi:
"Merabning Umar [Nurmagomedov] bilan jangini ko'rdingizmi? U qanday o'tdi, qanday harakat qildi? Qay biri xavfliroq deb o'ylaysiz? Ular revansh o'tkazishlari mumkin — ko'ramiz. Bilasizmi, men kamarga etib kelish uchun uchta jang o'tkazdim, bu yo'lga juda uzoq vaqt sarfladim.
Himoya jangi qanchalik muhim? Men uchun farqi yo'q — men kamar uchun kurashganman. Raqib kim bo'lishidan qati nazar, himoya jangi bo'ladi - yuz foiz.
Men juda ko'p narsani o'zgartirdim: yondashuvimni ham, tayyorgarlik jarayonini ham. Besh yil avval Aldo bilan titul uchun jang qilganimda nima qilishim kerakligini aniq tushunmaganman. Bir maqol bor: tez bormoqchi bo'lsang — yolg'iz bor, uzoq bormoqchi bo'lsang — jamoa bilan. Mana, yaxshi jamoang bo'lishi shart ekan", - dedi Yan.
Humoyun To'xtamurodov raqibiga faoliyatidagi 26-mag'lubiyatini "sovg'a qildi" (VIDEO)