SportUz.Net
iks
ads

UFC 323 turnirining bonus sohiblari malum

07.12.2025 14:57    


Rasmni yuklab olish

Las-Vegas shahridagi "T-Mobile Arena"da bo'lib o'tgan yilning so'nggi raqamli turnirining bonus sohiblari elon qilindi.

Oqshomning asosiy to'qnashuvi hisoblangan Pyotr Yan va Merab Dvalishvili o'rtasidagi bahs bugungi turnirning "Eng yaxshi jangi" deb topildi. Har ikki jangchi haqli ravishda kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritdi.

SHuningdek, birinchi raunddayoq raqiblarini nokautga uchratgan meksikalik Manuel Torres hamda polshalik debyutant Ivo Baranevskiy ham bonusga loyiq ko'rildi. Torres amerikalik Grant Dousonni, Baranevskiy esa turkiyalik Ibo Aslanni taslim etdi. Har ikki aralash yakkakurash ustasi yorqin jang uchun mukofot puliga ega chiqdi. 

Agar hamyurtimiz Bogdan Guskov ikkinchi raundda parter holatidagi muvaffaqiyatini rivojlantirib, polshalik sobiq UFC chempioni Yan Blaxovichni mag'lubiyatga uchratganida, u ham 50 ming dollarlik bonus chekini qo'lga kiritar edi.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: