
Yan shu yilning o'zida kamarini to'rtinchi bor himoya qilgan gruziyalik Merab Dvalishvili ustidan ishonchli g'alabaga erishdi va o'ta engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qaytarib oldi.
"Merab, sen bu "qafas"ga kirgan eng buyuk jangchilardan birisan. Yan, tabriklayman. Petya, sen bunga loyiqsan!", - deb yozdi Maxachev o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Bugun tongda Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 323 turnirining asosiy jangi to'liq besh raund davom etgan va yakunda Yan hakamlarning yakdil qarori bilan 48-47, 49-46, 49-46 hisoblarida g'alaba qozongandi. 32 yoshli Pyotr Yan deyarli besh yillik tanaffusdan so'ng yana UFC chempioniga aylandi. U Merabdan 2023 yilgi mag'lubiyati uchun ham revansh oldi.

"Reytinglardagi raqamlarga tupurdim" Dana Uayt Carukyan haqida keskin fikr bildirdi