SportUz.Net
iks
ads

"Zerikarli jang o'tkazishni istamadim" - Dvalishvili mag'lubiyatiga izoh berdi

07.12.2025 13:30    


Rasmni yuklab olish

Las-Vegasda o'tgan UFC 323 turnirining asosiy jangida endilikda sobiq chempion Merab Dvalishvili rossiyalik Pyotr Yanga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Gruziyalik aralash yakkakurash ustasi bugungi mag'lubiyatini izohladi.

"Men tomosha ko'rsatmoqchi bo'ldim va yutqazdim. Uning rejasi yaxshiroq edi. Pyotrga tabriklar bo'lsin, lekin men qasos olishni xohlayman. Men har doim vazn yig'ishga qiynalaman. Boisi, o'z uslubim bo'yicha ortiqcha vazndan halos bo'lishga harakat qilaman, dietologlarga esa ishonmayman. Bahona qidirishni xohlamayman. Tomoshabop jang qilishga urindim, hamma xursand - asosiysi shu! Kurashishni xohlamadim, urishish zerikarli bo'lishi va bu holat arenaga yig'ilgan muxlislarga yoqmasligini bilardim. Men u bilan jang qildim, lekin bugun u yaxshiroq edi", - dedi Dvalishvili.

Eslatib o'tamiz, Pyotr Yan besh yillik tanaffusdan so'ng yana UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: