
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi 2026 yilning 21 fevral kuni AQSHning Xyuston shahrida o'tkaziladigan UFC Houston turnirida oktagonga chiqadi. Uning raqibi yana bir amerikalik jangchi Entoni Ernandes bo'ladi. Bu haqda UFC promousheni matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Malumot uchun, SHon Striklend shu yilning fevral oyida Avstraliyaning Sidney shahri mezbonlik qilgan UFC 312 turnirida hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra Janubiy Afrika Respublikasi vakili Drikus dyu Plessiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Ernandes esa avgust oyidagi UFC on ESPN 72 turnirida gruziyalik Roman Dolidzeni bo'g'ish usulida taslim etgan edi.

"Reytinglardagi raqamlarga tupurdim" Dana Uayt Carukyan haqida keskin fikr bildirdi