
Bugun jahon chempionatining to'rtinchi kuni 3 nafar charm qo'lqop ustamiz ringga ko'tariladi. Ulardan SHavkatjon Boltaev va Xo'janazar Nortojiev musobaqadagi birinchi jangini o'tkazadi. Sayat Ilyasovni esa ilk jiddiy sinov kutmoqda. U ikkinchi jangida Qirg'iz Respublikasi bokschisi Omar Livazaga qarshi ringga chiqadi.
Kunduzgi dastur janglari bizning vaqti bilan soat 18:00, kechki blok esa soat 22:00da boshlanadi.
Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:
-63,5 kg: Sayat Ilyasov - Omar Livaza (Qirg'iz Respublikasi) soat 19:45
-67 kg: SHavkatjon Boltaev - Osorio Muxanga (Mozambik) 20:45
-57 kg: Xo'janazar Nortojiev - Rukmal Podi (SHri-Lanka) 22:45
Eslatib o'tamiz, kechagi kun doirasida Asilbek Jalilov (-54 kg) turkiyalik Sadai Axiskalini, Fazliddin Erkinboev (-75 kg) qirg'izistonlik Sirgak Abdijapar uuluni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratgandi. Olimpiada chempioni Abdumalik Halakovning ekvadorlik raqibi Kevin Moskuera esa ringga chiqmagani uchun texnik g'alaba hamyurtimizga taqdim etilgan edi.


"Reytinglardagi raqamlarga tupurdim" Dana Uayt Carukyan haqida keskin fikr bildirdi