
Oqshomning asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni gruziyalik Merab Dvalishvili hamda rossiyalik Petr Yan o'rtasida bo'lib o'tadi. Turnirning co-main event jangi eng engil vazn chempioni braziliyalik Aleksandre Pantoja hamda myanmalik davogar Joshua Van o'rtasida kechadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnirning asosiy kardida hamyurtimiz Bogdan Guskov polshalik 42 yoshli sobiq chempion Yan Blaxovichga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Marvin Vettoriga qarshi oktagonga chiqadigan Bruno Ferreyra o'rta vazn uchun belgilangan limitni bajara olmadi va endi gonorarining 20 foizini raqibiga beradi.
Tojikistonlik Muhammad Naimov (66.22 kg) ham raqibi Mayron Santos (66.9 kg)ning 20 foiz gonorarini oladi. Santos yarim engil vazn toifasi meyorini bajara olmadi.
UFC 323 turniri. Asosiy kard janglari
Merab Dvalishvili (61.23 kg) – Pyotr Yan (61.23 kg) – chempionlik jangi
Aleksandre Pantoja (56.7 kg) – Joshua Van (56.47 kg) – chempionlik jangi
Brendon Moreno (56.7 kg) – Tacuro Tayra (57.15 kg)
Genri Sexudo (61.69 kg) – Peyton Talbott (61.69 kg)
Yan Blaxovich (93.44 kg) – Bogdan Guskov (93.44 kg)
Prelim kard janglari
Grant Douson (70.76 kg) – Manuel Roberto Torres (70.76 kg)
Terrens MakKinni (70.76 kg) – Kris Dunkan (70.76 kg)
Meysi Barber (56.93 kg) – Karin Silva (56.93 kg)
Nazim Sadixov (70.53 kg) – Fares Ziam (70.76 kg)
Erta prelim kard janglari
Marvin Vettori (84.37 kg) – Bruno Ferreyra (85.73 kg)*
Edson Barboza (70.53 kg) – Jelin Terner (70.31 kg)
Ivo Baranevskiy (93.44 kg) – Ibo Aslan (93.21 kg)
Mansur Abdul-Malik (84.14 kg) – Antonio Trokoli (84.37 kg)
Muhammad Naimov (66.22 kg) – Mayron Santos (66.9 kg) –

LIVE Bogdan Guskov jang qiladigan UFC 323 turnirining erta prelim janglari yakunlandi