
Musobaqadan o'rin olgan yana bir jang malum bo'ldi.
Unga ko'ra, yarim engil vazn toifasida UFC reytingida oltinchi o'rinni egallab turgan angliyalik 31 yoshli Arnold Allen (20-3) UFC 324 turniri doirasida 28 yashar Braziliya vakili Jan Silva (16-3) bilan to'qnash keladi. Silva hozirda tashkilot reytingida 11-pog'onani band etib turibdi.
Malumot uchun, UFC 324 musobaqasining markaziy bahsi amerikalik Jastin Getji va angliyalik Peddi Pimblett o'rtasida engil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechadi.
