
Reyting yuqoridan quyiga pasayib boruvchi tizim bo'yicha shakllantiriladi: ekspertlar birinchi o'ringa qo'ygan bokschi 10 ochko, ikkinchi o'ringa loyiq ko'rilgani 9 ochko oladi va hokazo.
Yangilangan reytingda Terens Krouford birinchi o'ringa ko'tarilib olgan. Aleksandr Usik ikkinchi o'rindan joy olgan bo'lsa, yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue kuchli uchlika yakun yasagan.
ESPN reytingi, Top-10:
1. Terens Krouford (42-0).
2. Aleksandr Usik (24-0).
3. Naoya Inoue (31-0).
4. Dmitriy Bivol (24-1).
5. Djessi Rodriges (23-0).
6. Artur Beterbiev (21-1).
7. Devid Benavides (31-0).
8. SHakur Stivenson (24-0).
9. Dzyunto Nakatani (31-0).
10. Devin Xeyni (33-0).

ESPN dunyoning eng yaxshi bokschilari Top-10 reytingini yangiladi. Usik - peshqadam emas!