
Sport AKIpress nashrining Qirg'iz Respublikasi boks federaciyasiga tayanib yozishicha, barcha kerakli hujjatlar o'z vaqtida topshirilganiga qaramay, terma jamoaning 10 nafar azosi BAAga viza ololmagan.
Federaciya turnirga 13 kishini taklif qildi, biroq faqat ikki sportchi - Omar Livaze (63,5 kg) va Almaz O'rozbekov (67 kg), shuningdek bosh murabbiy Daniyar Tologon uuluga vizalar berildi, xolos. Jamoaning qolgan o'n nafar vakiliga rad javobi berildi.
Anvarjon Hojiev (48 kg), Mirlan Turkbay o'g'li (51 kg), Sanjay Seydakmatov (54 kg), Rispek Bektenov (60 kg), Ixtiyor Nishonov (71 kg), Sirg'ak Abdijapar o'g'li (75 kg), Omurbek Bekjigit o'g'li (80 kg), Erkin Adilbek o'g'li (85 kg), Bakit Toktosun o'g'li (92 kg) va Mirzakir Koshalievga (+92 kg) viza berilmadi.
Qirg'iz Respublikasi boks federaciyasi bergan bayonotga ko'ra, bunday vaziyat 46 ta ishtirokchi davlatga tegishli bo'lib, bu jahon chempionatining to'laqonli o'tkazilishini shubha ostiga qo'yishi mumkin.

ESPN dunyoning eng yaxshi bokschilari Top-10 reytingini yangiladi. Usik - peshqadam emas!