Unga finalda amerikalik Richard Torrez raqiblik qiladi.
Final jangi Toshkent vaqti bilan 8 avgust kuni soat 11:15 da o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Bahodir yarim finalda britaniyalik Freyzer Klarkni, Torrez esa qozog'istonlik Qamshibek Konkabaevni mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu bokschilar 2019 yili Ekaterinburgda o'tkazilgan jahon chempionatining chorak finalida o'zaroq to'qnash kelishgan va unda Bahodir raqibini chuqur nokaut holatiga tushirib qo'ygandi.