
Ikkinchi yarim final jangida Qozog'iston vakili Kamshibek Kunkabaev AQSH vakili Kichik Richard Torresga qarshi ringga ko'tarildi. Kutilmaganda Torres raqibini 5:0 hisobida mag'lub etdi va hal qiluvchi finalga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, Torres ikki yil avval Bahodir Jalolovga qarshi jahon chempionatida to'qnash kelgan va o'shanda hamyurtimiz raqibini nokaut qilgandi.