SportUz.Net
iks
ads

Barcha janglar kuchida! UFC 322 turniri ishtirokchilari vazn o'lchash marosimidan o'tishdi

14.11.2025 21:36    


Rasmni yuklab olish

16 noyabr tongida AQSHning Nyu-York shahrida MMA bo'yicha UFC 322 turniri bo'lib o'tadi.

UFC 322 turniri kardidan jami 14 ta jang o'rin olgan bo'lib, shundan 2 tasi chempionlik kamari uchun kechadi. Oqshomning asosiy jangi yarim o'rta vazn (77 kilgorammgacha) toifasida divizionning amaldagi chempioni avstraliyalik Jek Della Maddalena hamda engil vaznda sobiq UFC chempioni rossiyalik Islam Maxachev o'rtasida o'tkaziladi.

Turnirning ahamiyati jihatidan ikkinchi jangida ayollar o'ta engil vazn (57 kilogrammgacha) toifasi chempioni qirg'izistonlik Valentina SHevchenko xitoylik Veyli CHjandan kamarini himoya qiladi. Veyli xuddi Islam singari o'z kamarini vakant qoldirib, SHevchenkoning vaznida chempion bo'lisha urinib ko'radi.  




Bugun musobaqa ishtirokchilari janglar oldidan rasmiy vazn o'lchash marosimida qatnashishdi. Natijalar quyidagicha:

Markaziy jang, yarim o'rta vaznda chempionlik kamari uchun: Jek Della Maddalena (77,01 kg) vs Islam Maxachev (77,11 kg)

Ayollar o'rtasida o'ta engil vazn chempionligi uchun: Valentina SHevchenko (56,51 kg) vs Veyli Jang (56,51 kg)

Yarim o'rta vaznda: SHon Bredi (76,83 kg) vs Maykl Morales (77,38 kg)

Yarim o'rta vaznda: Leon Edvards (77,11 kg) vs Karlos Prates (76,92 kg)

Engil vaznda: Benil Dariush (71,3 kg)* vs Benua Sen-Deni (70,57 kg)

O'rta vaznda: Bo Nikal (84,27 kg) vs Rodolfo Vieyra (84,36 kg)

O'rta vaznda: Roman Kopilov (84 kg) vs Gregori Rodriges (84,27 kg)

Ayollar o'rtasida o'ta engil vaznda: Erin Blanchfild (57,06 kg) vs Treysi Kortez (56,97 kg)



Yarim engil vaznda: Malkolm Uellmeyker (65,13 kg) vs Itsen Yuuin (65,86 kg)

O'rta vaznda: Kayl Dakas (84,36 kg) vs Jerald Myorshart (84,18 kg)

Yarim engil vaznda: Pet Sabatini (66,04 kg) vs CHepe Mariskal (66,04 kg)

Ayollar o'rtasida minimal vaznda: Anjela Xill (52,43 kg) vs Fatima Klayn (52,34 kg)

O'rta vaznda: Baysangur Susurkaev (84 kg) vs Erik MakKoniko (84,18 kg)

Engil vaznda: Vyacheslav Borshyov (70,66 kg) vs Mateus Kamilo (70,66 kg).


* Benil Dariush engil vazn limitini bajara olmagani uchun gonorarining 20% i raqibi hisobiga o'tadi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: