
O'zbekiston Milliy Antidoping agentligi vaziyatga quyidagicha munosabat bildirdi:
"Boks bo'yicha terma jamoa azosi Lazizbek Mullojonovdan joriy yil 11 iyundagi olingan doping sinamada Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning “Sportda taqiqlangan moddalar va usullar ro'yxati”da S1.1 anabolik agentlar guruhiga kiritilgan “Metasteron” (Methasterone) taqiqlangan moddasi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Xalqaro testlash agentligi (ITA) tomonidan o'rganish ishlari olib borildi va sportchi 3 yil muddatga diskvalifikaciya qilindi.
SHuni alohida takidlab o'tish joizki, mazkur qoidabuzarlik L.Mullojonovning undan doping sinama olingan kun, yani joriy yilning 11 iyun kuniga qadar ko'rsatgan natijalari, jumladan, Parij-2024 Olimpiya o'yinlaridagi oltin medaliga tasir o'tkazmaydi".

Barcha janglar kuchida! UFC 322 turniri ishtirokchilari vazn o'lchash marosimidan o'tishdi