SportUz.Net
iks
ads

Tasdiqlandi: Lazizbek Mullojonov doping sabab 3 yilga diskvalifikaciya qilindi

14.11.2025 19:18    


Rasmni yuklab olish

SHu yilning iyul oyida boks bo'yicha Parij Olimpiadasi chempioni, Jahon chempionati sovrindori Lazizbek Mullojonov antidoping qoidalarini buzganlikda gumon qilinayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

SHu yilning 11 iyun kuni musobaqadan tashqari o'tkazilgan doping nazorati chog'ida o'zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonovdan olingan namunada metasteron moddasi - anabolik-androgenik steroid aniqlangandi. 

O'sha paytda unga dastlab, vaqtinchalik chetlatish jazosi qo'llanilgandi. 

Xalqaro test agentligining (ITA) malum qilishicha, Mullojonov o'ziga nisbatan 3 yillik diskvalifikaciya jazosi qo'llanilishiga rozi bo'lgan. Qayd etilishicha, Lazizbek antidoping qoidalarini (ADRV) buzgani bo'yicha qarorga etiroz bildirmagani orqali 4 yil emas, balki 3 yilga diskvalifikaciya qilingan. Hamyurtimizning havaskor boksdagi diskvalifikaciya muddati 2025 yil 22 iyuldan 2028 yil 21 iyulgacha amal qiladi. Uning 2025 yil 11 iyundan 22 iyulga qadar havaskor boksda qayd etgan barcha natijalari bekor qilinadi.

Lazizbek bugun Toshkentdagi prof boks oqshomida ringga ko'tariladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: