SportUz.Net
iks
ads

SHahram G'iyosov, Bahodir Jalolov va Lazizbek Mullojonov jang qiladigan Toshkentdagi boks oqshomidan ONLAYN

14.11.2025 18:48    


Rasmni yuklab olish

Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida Lift Promotions va Matchroom Boxing hamkorligidagi professional boks oqshomi start oldi.

Turnirning asosiy jangi superog'ir vaznda o'tkaziladi. Ringda mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan bokschilar Bahodir Jalolov (16-0-0) hamda nigeriyalik Solomon Adebayo (14-0-0) o'zaro to'qnash keladi.  

Oqoshomning co-main event, yani ahamiyati jihatidan ikkinchi jangi yarim o'rta vazn toifasida tashkil etiladi. Unda charm qo'lqop ustamiz SHahram G'iyosov (17-0-0) rossiyalik Mark Urvanov (25-4-2)ga qarshi ringga ko'tariladi. G'iyosov prof boksda 17 ta jang o'tkazgan bo'lib, barchasida g'alaba qozongan. Urvanov 25 g'alaba, 4 mag'lubiyat va 2 durang qayd etgan. Har ikki jang 8 raund etib belgilangan. 

Mazkur sahifa orqali musobaqada qayd etilayotgan natijalardan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin.



SAHIFANI YANGILASH



Boks oqshomining to'liq kardi:

Markaziy jang. Superog'ir vaznda 8 raundlik jang: Bahodir Jalolov (O'zbekiston, 16-0-0) - Solomon Adebayo (Nigeriya, 14-0-0)

Yarim o'rta vazn toifasida 8 raundlik jang: SHahram G'iyosov (O'zbekiston, 17-0-0) - Mark Urvanov (Rossiya, 25-4-2)

Superog'ir vaznda WBC CISBB kamari uchun 10 raundlik jang: Lazizbek Mullojonov (O'zbekiston, 6-0-0) - Monyasahu Muritador (Nigeriya, 6-3-2)

Og'ir vaznda 6 raundlik jang: SHohjahon Abdullaev (O'zbekiston, 5-0-0) - Gutram Ngoya (Tanzaniya, 13-2-0)

Superog'ir vaznda 6 raundlik jang: Ozodbek Aliev (O'zbekiston, 3-0-0) - Aleksandr Zubkov (Rossiya, 11-12-0)

Ikkinchi o'rta vaznda WBC CISBB kamari uchun 10 raundlik jang: Nurislom Ismoilov (O'zbekiston, 7-0-0) - Jozef Maigvisya (Tanzaniya, 15-5-0)

Ikkinchi o'rta vaznda 6 raundlik jang: Aloxon Abdullaev (O'zbekiston, 4-0-1) - Suhrob Qayumov (O'zbekiston, 4-0-1)

Super yarim o'rta vaznda 8 raundlik jang: Rajab Butaev (Rossiya, 15-1-0) - Artyom Pugach (Rossiya, 3-12-4)

Yarim engil vaznda 6 raundlik jang: Baxtiyor Ilyosov (O'zbekiston, 1-4-0) - Xursand Imankuliev (Turkmaniston, 4-0-0)

Yarim o'rta vaznda 6 raundlik jang: SHerzod Xabibov (O'zbekiston, 4-0-0) - Asadbek Bekmirzaev (O'zbekiston, 1-1-0) LIVE



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: