
Ushbu qiziqarli jang 19 dekabr kuni AQSHning Mayami shahrida bo'lib o'tadi. Og'ir vazn toifasidagi jang ko'pchilik kutgandek ko'rgazmali maqomda emas, balki professional, barcha qoidalar asosida o'tkaziladi. Jang Netflix platformasida jonli efirda namoyish etiladi.
Bokschilarning jamoalari muzokara olib borayotgani va kelishuvga yaqinligi bir kun avval malum bo'lgandi. SHu yilning yozida tomonlar ushbu jangni tashkil etishga urinib ko'rishgan, biroq bahsni translyaciya qilish huquqi bo'yicha kelisha olishmagandi.
Aslida Jeyk Pol ertaga tong saharda Jervonta Devisga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi. Ammo engil vazn toifasida amaldagi jahon chempioni yuridik muammolar tufayli jangdan "echilgandi".
Malumot uchun, 36 yoshli Entoni Joshua o'tgan yilning sentyabr oyidan beri ringga chiqmagan. O'shanda u og'ir vazn toifasida IBF chempionlik kamari uchun kechgan jangda vatandoshi Daniel Dyubuaga beshinchi raundda nokaut bilan yutqazgandi. 27 yoshli Jeyk Pol esa shu yozda hakamlarning yakdil qarori bilan Xulio Sezar CHavesni mag'lub etgandi.
