SportUz.Net
iks
ads

Jo Rogan Ronga Rouziga javob berdi: "Tushunaman va qabul qilaman"

14.11.2025 16:24    


Rasmni yuklab olish

Jo Rogan o'zining aralash yakkakurashlar bo'yicha tahliliy qobiliyatini past baholagan Ronda Rouziga javob qaytardi.

Rogan ayollar o'rtasida sobiq UFC chempionidan xafa emas.

"U - afsona! Men bu ayolga faqat muhabbat va hurmat bilan qarayman. Uning qilgan ishi aqlbovar qilmaydi. Ronda ayollar o'rtasidagi birinchi haqiqiy super yulduzga aylandi. U UFC`da ayollar divizioni mavjudligini taminladi. Dana Uayt har doim ayollarga hech qachon imzo chekmasligini ochiq aytgan. Uning ko'zini ochib: "Bilasizmi, menimcha, bu ayol yulduz" deyishi uchun shunday harakatchan va o'ziga xos shaxs kerak edi.

U men haqimda shunday degandi: "U hech qachon mutaxassis bo'lmagan". Har kim o'z fikriga ega bo'lish huquqiga ega, lekin nima uchun u shunday deb o'ylayotganini tushunish kerak. CHunki unda chempionlik mentaliteti bor. Urishmadingmi, demak, hech kimsan. Hammasi juda oddiy. Men buni tushunaman va qabul qilaman", - dedi UFC sharhlovchisi o'z podkastining navbatdagi sonida.

Avvalroq UFC’ning eng engil vazn toifasidagi amaldagi chempioni, tashkilotning ayollar o'rtasidagi eng yaxshi jangchilari reytingida etakchilik qilayotgan Valentina SHevchenko Jo Roganni himoya qilib, amerikalik jang sanatlari bo'yicha katta mutaxassis, olijanob inson va yoshlar uchun yaxshi o'rnak ekanini aytgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: