SportUz.Net
iks
ads

Toshkentdagi boks oqshomi uchun chiptalar qanchadan sotilmoqda? Janglarni qaysi telekanal namoyish etishi ham malum

14.11.2025 15:21    


Rasmni yuklab olish

Bugun "Humo arena" majmuasida Lift Promotions hamda Matchroom Boxing promouterlik kompaniyalari hamkorligidagi boks oqshomi o'tkaziladi.

Turnirning asosiy jangi superog'ir vaznda o'tkaziladi. Ringda mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan bokschilar Bahodir Jalolov (16-0-0) hamda nigeriyalik Solomon Adebayo (14-0-0) o'zaro to'qnash keladi.  

Oqoshomning co-main event, yani ahamiyati jihatidan ikkinchi jangi yarim o'rta vazn toifasida tashkil etiladi. Unda charm qo'lqop ustamiz SHahram G'iyosov (17-0-0) rossiyalik Mark Urvanov (25-4-2)ga qarshi ringga ko'tariladi. G'iyosov prof boksda 17 ta jang o'tkazgan bo'lib, barchasida g'alaba qozongan. Urvanov 25 g'alaba, 4 mag'lubiyat va 2 durang qayd etgan. Har ikki jang 8 raund etib belgilangan. 

Malum bo'lishicha, turnir uchun chiptalar narxi 50 000 so'mdan boshlanib, 1 mln 200 ming so'mgacha sotilmoqda. Bellashuvlarni Setanta Sports platformasi namoyish etishi belgilangan.

Janglar 18:00 da boshlanadi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: