
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Sardorbek Ro'ziev Tojikiston vakili SHodmon Davlatovga qarshi bahs olib borib, raqibini birinchi raunddayoq nokaut orqali taslim etgandi. Bu g'alaba Ro'zievga Liga bonusini taqdim etgan.
Tashkilot odatda mazkur bonus summasi qancha ekanini keng ommaga elon qilmaydi. Lekin SportUz.Net sayti manbalariga ko'ra bonus miqdori 200 dollarni tashkil etadi.
